» » Toshkentda tanishining 44 ming dollarlik brilliant taqinchoqlarini sotib berishni va’da qilib, egasiga qaytarmagan opa-singil qo‘lga olindi

Toshkentda tanishining 44 ming dollarlik brilliant taqinchoqlarini sotib berishni va’da qilib, egasiga qaytarmagan opa-singil qo‘lga olindi


Yunusobod tumanida M.E. ismli ayolning qimmatbaho taqinchog‘ini sotib berishni va’da qilib, olib ketgan va pulni ham, brilliant zebi-ziynatlarni ham qaytarmagan opa-singilga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent shahri Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 57 yoshli M.E. murojaat qilib, 2019-yilning 5-avgustidan 13-sentabrigacha opa-singil 31 yoshli D.X. va 28 yoshli I.X. unga qiymati 44 ming AQSh dollari bo‘lgan brilliant taqinchoqlarini qimmat narxga sotib berishni va’da qilgan.

M.E. ularga ishongan va taqinchoqlarni berib yuborgan. Biroq pullarni ham, taqinchoqlarni ham qaytarib ololmagan. Shundan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Farg‘onada avval ham firibgarlik bilan ayblangan ayolga sud hukmi o‘qildi

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, firibgarlikda gumonlanuvchi opa-singil qo‘lga olindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют