» » Toshkentda styuardessa sifatida ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1000 dollar talab qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda styuardessa sifatida ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1000 dollar talab qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroga uni styuardessa sifatida ishga joylab qo‘yishini aytib, 1000 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli M.Y. murojaat qilgan. Murojaatchi o‘z arizasida unga 2017-yilning iyun oyida tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessa ishiga joylashtirishni va’da qilgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 26 yoshli F.A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘z xizmati evaziga 1000 AQSh dollari olgan F.A. va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют