» » Paxta mavsumida Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga band bo‘lmagan aholidan jami 76,8 ming terimchi jalb qilinadi

Paxta mavsumida Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga band bo‘lmagan aholidan jami 76,8 ming terimchi jalb qilinadi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati paxta terimiga tayyorgarlik va o‘tkazish masalasiga doir bayonot berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik mavsumga yig‘im-terim paytida majburiy mehnatning oldini olish, ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan hududlarda tuzilgan bo‘linmalar tarkibiga ixtiyoriy ravishda ishsiz va vaqtincha band bo‘lmagan aholi vakillaridan yollangan terimchilar uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlarini olib bordi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatiga band bo‘lmagan aholidan 36 ming, Jizzax viloyatiga 30 ming, Qashqadaryo viloyatiga 10,8 ming kishini jalb qilish rejalashtirilgan. Ushbu viloyatlarda butun mamlakatda koronavirus pandemiyasi sharoitida rioya qilinayotgan sanitariya me’yorlari va gigiyena talablarini hisobga olgan holda terimchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Kuniga 3 mahal ovqat, terimchilar uchun ishdan tashqari vaqtlarda madaniy hordiq chiqarish tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi “2020-yilda paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 ming so‘m, qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m to‘lanadi.

Shu bilan birga, paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperativlarga narxlarni yuqoridagi narxlardan kam bo‘lmagan darajada mustaqil belgilash huquqi berildi. Bundan tashqari, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi.

Vaqtincha ishsiz fuqarolardan iborat otryadlar rahbarlariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 million so‘m miqdoridagi to‘lovlar ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda joylarda ushbu otryadlar tarkibida paxta yig‘im-terimida ishtirok etishni istaganlar ro‘yxatlari shakllantirilmoqda. Ular bilan tuzilayotgan shartnomalarda o‘zaro huquq, jumladan, terimchilarning mehnatiga haq to‘lashni nazarda tutadigan majburiyatlar ham o‘rin olgan.

Shu bilan birga, mavsumiy ishga yollanayotgan paxtakorlarga 500 ming so‘mdan bir martalik “ko‘tarma” pullari ajratilishi to‘g‘risidagi ovoza qilingan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi ma’lum qilingan. Qarorda terimchilar mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning boshqa shakllari tasdiqlangan.

“Tuzilayotgan guruh (otryad)lar tarkibida paxtani terib olishda ishtirok etishni istagan yurtdoshlarimiz paxta yig‘im-terimi paytida maxsus ochilgan www.terim.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining joylardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat etishlari yoki vazirlikning (71) 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют