» » O‘zbekistonda ishsiz fuqarolar paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy ravishda jalb etiladi

O‘zbekistonda ishsiz fuqarolar paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy ravishda jalb etiladi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni paxta yig‘im-terim jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb etish tizimini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini tayyorladi, bu haqda Sputnik ma’lum qiladi.

Loyihada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasining Sirdaryo viloyatida paxta yig‘im-terim jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb etiladigan mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni dala markazlariga joylashtirish bo‘yicha eksperimental loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflarni ma’qullash nazarda tutilgan.

“Dala markazlari mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarga, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va xususiy bandlik agentliklari tomonidan Respublikaning turli hududlaridan munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish uchun Sirdaryo viloyatida paxtani yig‘ib-terib olish jarayoni bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etish uchun tashkil etiladi”, — deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjat loyihasiga Sirdaryo viloyati hududlarida ixtiyoriy ravishda paxta hosilini yig‘ib-terib olishda qatnashadigan ishsiz fuqarolarni dala markazlari dislokatsiyasi ilova qilingan.

Qarorda yozilishicha, umumiy sig‘imi taxminan 36 ming kishiga mo‘ljallangan 90 ta dala markazlari tashkil etilib, har bir dala markazida quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi:

— yashash uchun sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlar: har biri 40 kishilik yashash uchun mo‘ljallangan 10 ta chodir, ikki qavatli yotoq o‘rni, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, ventilyatsiya tizimi, isitish anjomlari bilan jihozlanadi;

— oshxona chodiri, 2 ta ovqatlanish chodirlari va stol-stullar, ovqat pishirish uchun qozonlar, samovarlar, muzlatkich, ichimlik suvi uchun idishlar, oshxona va maxsus idish-tovoqlar, oziq-ovqat yetkazib berish uchun maxsus termos idishlari;

— 40 ta yuvinish anjomlari o‘rnatilgan joy va 12 ta issiq suv bilan ta’minlangan dush kabinalari, 12 o‘rinli hojatxona, 10 ta chiqindi konteynerlari, doimiy ravishdagi suv ta’minoti;

— dala markazi hududida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish uchun tibbiy inventar va dori-darmonlar hamda preparatlar bilan jihozlangan tibbiy chodir;

— videoproyektor, badiiy adabiyotlar, turli xil stol o‘yinlari bilan jihozlangan madaniy-dam olish chodirlari;

— kunlik ehtiyojlar uchun zarur sanoat tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan chodirlar.

2019-yil 10-iyulga qadar tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida 90 ta dala markazlari tashkil etish bayon etilgan.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, joriy yil avgust oyida tashkil etilgan dala markazlarida viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy qishloq, suv xo‘jaligi boshqarmalari, bandlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik uchun mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni paxtani yig‘ib-terib olish jarayoniga uyushgan holda jalb etish tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish tashkil etish vazifasi yozilgan.

“Seminarlar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2019-yil 1-sentabrga qadar respublikaning boshqa hududlarida ham dala markazlarini tashkil qilish tajribasini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritilsin”, — deyilgan loyihada.

Hujjat loyihasini 10-iyulgacha muhokama qilish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют