» » O‘zbekistonda kollejlar band bo‘lmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun o‘qitish markazlariga aylantiriladi

O‘zbekistonda kollejlar band bo‘lmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun o‘qitish markazlariga aylantiriladi


Band bo‘lmagan aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga (santexnik, elektrik va hokazo) o‘qitish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yildagi ustuvor vazifasi etib belgilandi. Bu “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Dasturga muvofiq, kasb-hunar kollejlari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida band bo‘lmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun o‘qitish markazlari tashkil etiladi.

Buning hisobiga zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish texnologiyalariga tayangan kasbga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va kasbiy malakani baholashni nazarda tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy e’tibor qaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют