» » 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi

2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi


O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.

Qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, vazirlik tizimiga quyidagi yangi tuzilmalar kiritildi:

malakani baholash markazlari;

Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;

kasb-hunar kollejlari;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;

“Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MChJ;

O‘zbekiston-Malayziya kasb-hunar ta’limi markazi;

oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida “bir darcha” prinsipi bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq vazirlik ixtiyoridagi 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют