» » Buxoroda 80 yoshli ayol tomorqasida 5 tup ko‘knori yetishtirgani uchun sud qilindi

Buxoroda 80 yoshli ayol tomorqasida 5 tup ko‘knori yetishtirgani uchun sud qilindi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani Gajdumak qishlog‘ida yashovchi 80 yoshli onaxon tomorqasida ko‘knori yetishtirgani uchun sud qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi sudyasi Boborahim Ochilov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan. Unda 10 nafar farzandning onasi, 80 yoshli fuqaro X.Sh. tomorqasida besh tup ko‘knori o‘simligini yetishtirayotgani aniqlangan. IIB xodimlari tomonidan o‘simlik xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan ayblangan ayol ishi 2020-yilning 7-sentabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudida ko‘rib chiqilgan. X.Sh. sudda o‘z aybiga iqror bo‘lib, betobligi tufayli ko‘knorini faqat o‘zi iste’mol qilishi uchun yetishtirayotganini va bundan oila a’zolarining xabari bo‘lmaganini bildirgan.

“80 yoshli sudlanuvchi haqiqatan ham og‘ir betob edi. Ayniqsa, sud-tergov jarayonlarida sudlanuvchi X.Sh. bilan suhbat ancha qiyin kechdi. Onaxonning aybiga iqrorligi, bir necha yildan buyon kasal ekanligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy ahvoli, yoshi va sog‘lig‘ini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy yengillik berildi”, — dedi sudya Ochilov.

Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiyalangan fuqaro X.Sh. Jinoyat kodeksining 70-moddasi (shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish)ga asosan javobgarlikdan hamda jazodan ozod qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют