» » Buxoroda 3 tup kannabis o‘simligini yetishtirgan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Buxoroda 3 tup kannabis o‘simligini yetishtirgan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida uch tup kannabis o‘simligini parvarishlagan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, G‘ijduvon tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan keng qamrovli “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan.

“Sohibiyon” mahallasida yashovchi 46 yoshli fuqaro R.U. o‘z yashash hovlisining tomorqasida jami uch tup markaziy poyasi, ildizlari hamda barglariga ega, balandligi 150-170 sm, ho‘l (quritilmagan) va tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelgani aniqlangan. Kannabis o‘simligi xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют