» » Nogironligi bor bolgan shaxslar uchun tosiqsiz muhitni shakllantirishimiz lozim Tanzila Norboyeva

Nogironligi bor bolgan shaxslar uchun tosiqsiz muhitni shakllantirishimiz lozim Tanzila Norboyeva


Senatning yettinchi yalpi majlisida Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilinib, maqullandi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva nogironligi bor bolgan shaxslar muammolari yuzasidan amalga oshirilishi zarur bolgan jihatlarga urgu berdi.

Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun haqiqatan ham ota muhimdir. Mazkur yonalishda yillar davomida talay muammolar toplanib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Shu jumladan, nogironligi kundek ravshan bolgan insonlarni har safar qayta-qayta korikdan otkazish, tekshirish amaliyoti ham yoq emas. Qonunda bunday holatlarga yol qoymaslik, nogironlikni belgilash jarayonini soddalashtirish boyicha aniq normalar belgilanganini ham etirof etishimiz kerak, deydi Tanzila Norboyeva.

Senat raisi nogironligi bolgan shaxslar bilan ishlashda statistikani tartibga solish kerak ekanini ham takidlagan. Uning aytishicha, nogironlik masalasini tahlil qilish, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularni ijtimoiy hayotga toliq integratsiya qilish uchun bunday shaxslar, ularning soni, istiqomat qilayotgan hududlar, nogironlik darajasi hamda shu kabi muhim jihatlar togrisida aniq malumotga va tasavvurga ega bolish shart. Aks holda, amalga oshiriladigan ishlar toliq bolmaydi, qaysidir qatlam, qaysidir insonlar etibordan chetda qolib ketaveradi.

Bundan tashqari, xalqaro mezonlardan kelib chiqib, mamlakatda nogironligi bor shaxslar uchun tosiqsiz muhitni shakllantirishimiz lozim. Bu borada muammolarimiz yetarlicha. Kundalik hayotimizda transport, ovqatlanish shohobchalari, xizmat korsatish obyektlari, madaniy-kongilochar maskanlarda nogironligi bor shaxslar uchun zarur sharoitlar yaratilmaganiga kop duch kelamiz. Tabiiyki, bu ularning haqli etirozlariga sabab bolmoqda, deydi Senat raisi.

Shuningdek, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga ustuvor ahamiyat qaratish kerakligi, ular ozlarini jamiyatning tolaqonli azosi ekanliklarini doimo his qilishlari lozimligi takidladi.

Mavzuga doir:Ozbekiston temiryollari Toshkent metrosining yangi bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmagani haqidagi tanqidlarga javob berdi



Manba: Daryo.uz
: admin (11-09-2020, 15:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -