» » O‘zbekistondagi avtoturargohlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylar ajratiladi

O‘zbekistondagi avtoturargohlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylar ajratiladi


O‘zbekistonda bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlardagi barcha avtoturargohlarda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mashinalari to‘xtab turishi uchun joylar ajratiladi. Bu hukumatning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning transporti uchun joy turargoh umumiy maydonining kamida 5 foizini band qilishi va turargohning kirish va chiqish uchun qulay bo‘lgan qismlarida joylashishi kerak. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mashinalari uchun ajratilgan joylar “5.15. Avtoturargoh joyi” va “7.17. Nogironlar” yo‘l belgilari bilan belgilanadi.

Qarorga muvofiq, turargohdan foydalanish I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bepul bo‘ladi, bunda mashina nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan boshqarilayotganini bildiruvchi belgi va nogironlikni tasdiqlovchi guvohnoma bo‘lishi kerak.

Avtoturargohlardan 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxsning ota-onasi ham bepul foydalanishi mumkin, bunda tegishli nafaqa guvohnomasi bo‘lishi kerak.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtashi uchun mo‘ljallangan joylardan boshqa shaxslar foydalangani uchun javobgarlik joriy qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют