» » Ozbekiston bozorlari va savdo majmualaridagi avtoturargohlar maydonining kamida 5 foizi nogironlarning mashinalari uchun ajratiladi

Ozbekiston bozorlari va savdo majmualaridagi avtoturargohlar maydonining kamida 5 foizi nogironlarning mashinalari uchun ajratiladi


Nogironligi bolgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari togrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali orqali malum qilindi.

Qaror bilan nogironligi bolgan shaxslarning foydalanishi uchun respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash mazkur shaxslarning buyurtmalariga asosan GM Uzbekistan rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali amalga oshirilishi belgilandi.

Shu maqsadda Ozavtosanoat AJga 2019-yil 1-yanvargacha bolgan muddatda GM Uzbekistan rasmiy dilerlarini zarur vosita va uskunalar bilan taminlash vazifasi yuklanmoqda.

Endilikda:

- bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi toxtab turish joylari umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bolgan shaxslarning avtotransport vositalari toxtab turishi uchun ajratiladi;

- toxtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan obyektlari atrofida nogironligi bolgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalari uchun vaqtinchalik toxtab turish joylari tashkil etiladi;

- toxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun nogironligi bolgan shaxslar va 16 yoshgacha nogiron bolasi bolgan ota-onalardan haq olinmaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2018, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -