» » Italiyaliklar Chevrolet Corvette’ni 715 ot kuchiga ega giperkarga aylantirdi (foto)

Italiyaliklar Chevrolet Corvette’ni 715 ot kuchiga ega giperkarga aylantirdi (foto)


Italiyada Ares Design atelyesi Ares B modelini taqdim etdi. Uning asosini kuzovi tyunerlar tomonidan qayta ishlangan sakkizinchi avlod Chevrolet Corvette Stingray tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.

Modenadagi Ares Design atelyesi Legends Reborn loyhasi bilan tanilgan bo‘lib, ustalar uning doirasida zamonaviy avtomobillarning yurish qismidan foydalanib, klassik modellarni “qayta tiriltiradi”. Lamborghini Huracan bazasidagi Panther ProgettoUno loyihaning birinchi modeliga aylangan.

Biroq Ares S boshqa bir avtomobilga taqlid emas, balki Lotus yoki Koenigsegg giperkarlarini yodga soluvchi karbon kuzovli orginal kupega aylangan. Model old kabina, bo‘rtib chiqqan g‘ildirak arkalari, ugleplastik diskalari, sariq tormoz supportlari va Michelin shinalari bilan jihozlangan.

Texnik qismini esa biroz o‘zgartirilgan Corvette C8 avtomobiliniki tashkil etadi. Ares S 715 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi.

Italiyalik ustalar ikki yil ichida 24 ta Corvette’ni giperkarga “aylantirish”ni rejalashtirmoqda. Avtomobilning har bir nusxasi 500 ming yevro turadi. Taqqoslash uchun, oddiy Stingray narxi o‘n barobar arzon — 58,9 ming dollar.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют