» » “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi


“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 11—12-sentabr kunlari O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Janubiy Qozoqiston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikaning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

12-sentabr, shanba kuni yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni mamlakat hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.

Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bunday harorat iqlimiy me’yordan 1-2 darajaga pastdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют