» » Superliga. “Buxoro” so‘nggi soniyalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Buxoro” so‘nggi soniyalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliganing 14-turida “Buxoro” 11-sentabr, juma kuni “Qo‘qon-1912” bilan bahs yuritdi.

Muborakda kechgan uchrashuvning 1-bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Jasur Hakimov nominal mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay qo‘qonliklar bunga Aleksandr Merzlyakovning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

O‘yin yakunlanishi arafasida qo‘qonliklar ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 86-daqiqada Sardor Azimov jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Barchasi mehmonlarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Hakimov hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdi.

Mazkur o‘yinda keyin “Qo‘qon-1912” ochkolarini 26 taga yetkazib olgan holda 4-o‘rinda qoldi. “Buxoro” (8) esa 8-pog‘onada bormoqda.

Coca-Cola Superliga

14-tur bahsi

11-sentabr, juma

Gollar: 1:0 – 52 Hakimov, 1:1 – 59 Merzlyakov, 1:2 – 86 Azimov, 2:2 – 90+3 Hakimov.

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Boburjon Amanov, Anvar Jo‘rayev (Suhrob Ne’matov 60), Jasur Hakimov, Aziz Ibragimov, Jasur Hasanov, Behruz Sadilloyev (Izatilla Abdullayev 68), Bekzod Saidov, Ergash Ismoilov, Maksimilian Fomin.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Boburjon Akbarov, Shohnazar Norbekov (Iqbol Malikjonov 89), Suxrob Berdiyev (Sardor Azimov 63), Quvondiq Ro‘ziyev, Oybek Rustamov, Muxammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov, Yakuba Bamba (Filip Rayevats 63).

Ogohlantirishlar: Jumayev (12), Ismoilov (15), Yosovich (58), Jo‘rayev (58), Saidov (71), Ibragimov (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют