» » Superliga. “Nasaf” o‘z uyida “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi

Superliga. “Nasaf” o‘z uyida “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 14-turida “Nasaf” 10-sentabr, payshanba kuni “Qizilqum”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Bobur Abduxoliqov qarshiliklarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Oybek Bozorov jamoasining tezkor qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.

Ikkinchi bo‘limda “ajdarlar” yana ikkita gol urishga erishdi. 66-daqiqada Abduxoliqov dubl qayd etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Shohmalik Komilov yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0

Shu tariqa “Nasaf” ochkolarini 26 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” (10) esa 11-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

14-tur bahsi

10-sentabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 3 Abduxoliqov, 2:0 – 34 Bozorov, 3:0 – 66 Abduxoliqov, 4:0 – 90+1 Komilov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Bobir Abdixoliqov (Husain Norchayev, 80), Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev (Faysal Traore, 75), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev (G‘olib G‘aybullayev, 80), Oybek Bozorov (Shohmalik Komilov, 89), Marko Stanoyevich (Dilshod Rahmatullayev, 75), Umar Eshmurodov.

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Jamshid Hasanov, 46), Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Salim Mustafoyev, Jasur Azimov, Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva (Sunnatilla Abdullajonov, 89), Oleg Tolmasov.

Ogohlantirishlar: Qilichev (13), Boydullayev (31), Saitov (63).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют