» » Armanistonda koronavirus sababli 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qilindi

Armanistonda koronavirus sababli 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qilindi


Armaniston hukumati butun mamlakat hududida 11-sentabrdan 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Mamlakat hukumati tomonidan ma’lum qilinishicha, karantin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan koronavirus pandemiyasi, butun dunyodagi qaltis vaziyat, kasallikning Armanistonda keng miqyosda tarqalgani, JSSTning ikkinchi to‘lqin haqidagi ogohlantirishi, aholini himoya qilish zarurati sababli joriy qilinmoqda.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Armaniston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat hududida quruqlik orqali kirishi taqiqlanadi. Diplomatlar, vafot etganlarning yaqin qarindoshlari, xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchilar bundan mustasno. Mamlakatga kirib keladigan barcha shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

Jamoat va ommaviy tadbirlarni 60 kishidan ko‘p bo‘lmagan ishtirokchi bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Savdo tashkilotlari, o‘quv muassasalarining faoliyati nazorat organi tomonidan epidemiyaga qarshi choralar asosida tartibga solinadi. Ommaviy yig‘ilishlar va mitinglarni o‘tkazishga shaxsiy himoya va ishtirokchilar o‘rtasida 1,5 metr ijtimoiy masofani saqlash sharti bilan ruxsat beriladi. Armanistonning barcha fuqarolari o‘zi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat olib yurishi kerak.

Armanistonda 11-sentabr kuni 16-martdan buyon e’lon qilingan va besh marta uzaytirilgan favqulodda holat rejimi yakuniga yetdi.

Mamlakat parlamenti 4-sentabr kuni navbatdan tashqari yig‘ilishida karantin rejimini e’lon qilish ehtimolini nazarda tutuvchi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritdi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 10-sentabr kuni mamlakatda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bosqichma-bosqich barqarorlashayotgani, biroq umumta’lim maktablari ochilishi munosabati bilan vaziyatning yomonlashish xavfi saqlanib qolayotganini ma’lum qilgan.

Armanistonda o‘tgan bir sutkada 177 kishida koronavirus aniqlangan, mamlakatda kasalligi tasdiqlanganlarning umumiy soni 45 503 kishiga yetgan. Kasallik oqibatida qurbon bo‘lganlar soni esa 1189 kishini tashkil qilmoqda. 41 434 kishi kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: Armanistonda koronavirusga qarshi kurash yaxshi samara bermagani uchun MXX, Qurolli kuchlar va politsiya boshliqlari ishdan olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют