» » Atlantika orqali 7 ming mashinani tashishga qodir yelkanli kemaga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Atlantika orqali 7 ming mashinani tashishga qodir yelkanli kemaga oid ma’lumotlar oshkor bo‘ldi


Atlantika okeani orqali yetti ming donagacha mashinani tashishga qodir ulkan yelkanli kema loyihasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, unda atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar minimumga yetkazilgan — ushbu ko‘rsatkich shu turdagi oddiy “avtovoz”lardan 90 foizga kam, deb xabar beradi Motor.

Oceanbird nomini olgan yelkanli kemani yaratishda Stokgolmdagi KTH qirollik texnologiyalar instituti, SSPA dengiz konsultatsiya kompaniyasi va Wallenius Marines kemasozlik kompaniyasi ishtirok etgan. Kema uzunligi 200 metrga, eni 40 metrga, balandligi esa 100 metrga yetadi, ularning 80 metri — yelkan.

Oceanbird, shuningdek, kutilmagan vaziyatlarda kerak bo‘ladigan dvigateller bilan jihozlangan. Biroq asosiy energiya manbayi— shamol. Rejaga ko‘ra, kema 2024-yilda suvga tushirilishi kerak.

Oceanbird’ning avtomobil tashish bilan shug‘ullanadigan boshqa kemalarga qaraganda bir qator kamchiliklari bor. Masalan, yelkanli kema Atlantikani kesib o‘tishga bir hafta emas, 12 kun sarflaydi. Bundan tashqari, Oceanbird hajmi bilan ham biroz kichkina, masalan, Norvegiyaning Hoehj Target kemasi 8,5 ming avtomobilni tashishga qodir bo‘lsa, yelkanli kema—6-7 ming.

Avvalroq AQShdagi port yaqinida ag‘darilib ketgan kema ichidagi 4 mingdan ortiq Hyundai va Kia avtomobillari bilan birga arralanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Foto: Kema-qamoqxona loyihasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют