» » Antarktidada muzlab qolgan sirli kema topildi

Antarktidada muzlab qolgan sirli kema topildi


Google Earth’dagi MrMBB333 nikli foydalanuvchi Antarktida qirg‘oqlaridan uzunligi 122 metrga yetadigan butkul muzlab qolgan kemani topdi. Bu qanaqa kema ekanligi hozircha noma’lum, deb yozadi Daily Mail.

MrMBB333 o‘zi tomonidan topilgan muz bo‘lagi tashqi ko‘rinishi bilan kemaga o‘xshashiga e’tibor qaratgan. Internet foydalanuvchisining so‘zlariga ko‘ra, uning chizgilari va simmetrik elementlari tasodifiy emas.

Internetdagi boshqa foydalanuvchilar ham turli versiyalarni bildirishga kirishib ketgan. Ayrimlar kema natsistlarning maxfiy bazasiga tegishli bo‘lgan desa, ba’zilar kema qiyomat kuni berkinish uchun elita qatlamga mo‘ljallangan degan farazlarni bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda bir guruh olimlar minglab yillar davomida ajralib qolgan Antarktika ko‘lida tirik mavjudot qoldiqlarini topgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют