» » Tanzila Norboyeva: Xalqning mablag‘ini talon-toroj qilish ko‘pning haqiga xiyonat qilish demak

Tanzila Norboyeva: Xalqning mablag‘ini talon-toroj qilish ko‘pning haqiga xiyonat qilish demak


Oliy Majlis Senatining raisi Tanzila Norboyeva Senatning yettinchi yalpi majlisida budjet mablag‘larini pandemiya sharoitida talon-toroj qilinganiga munosabat bildirdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Asosiy yuk moliya tizimiga tushyapti. Aksariyat moliyaviy resurslar pandemiya oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirildi. Joriy yil uchun davlat budjeti parametrlarini shakllantirayotganda bunday holatlar ko‘zda tutilmagan edi.

Moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish, yangi moliyaviy manbalarni topish operativ tarzda va, aytish mumkinki, muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ko‘zda tutilgan budjet tadbirlari shunday og‘ir vaziyatda ham izchillik bilan olib borilmoqda.

Shu bilan birga, hukumat, xususan, Moliya vazirligining e’tiborini budjet mablag‘lari ustidan nazoratni kuchaytirish masalasiga qaratmoqchiman. OAV, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya sharoitida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinayotgani to‘g‘risidagi axborotlarning ko‘payishi aholi orasida tushunmovchilik va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Albatta, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilayotgani va mablag‘lar joyiga qaytarilayotganini ham ta’kidlash joiz.

Lekin bunday holatlarda jazolashdan ko‘ra oldini olish bo‘yicha ko‘proq ishlash lozim. Budjet mablag‘lari ajratilayotganda uning maqsadli foydalanishini ta’minlaydigan mexanizmlar ustida ishlash maqsadga muvofiq. Bunda ochiqlik va shaffoflik masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Vaholanki, ochiqlik va shaffoflikning yo‘qligi yoki unga lozim darajada e’tibor qaratmaslik, qaysi soha va tarmoq bo‘lishidan qat’i nazar, muammolarning chuqur ildiz otishi, norozilikning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Zotan, barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab yetishimiz kerak, budjet mablag‘i — xalqning mablag‘i. Uni talon-taroj qilish ko‘pning haqiga xiyonat qilish demak!

Tanzila Norboyev, Senat raisi.

Mavzuga doir: Nogironligi bor bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirishimiz lozim — Tanzila Norboyeva



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют