» » Qashqadaryo SEOM mutasaddilari deyarli 918 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo SEOM mutasaddilari deyarli 918 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi


Qashqadaryo sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida qariyb 918 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasining Telegram’dagi kanalida xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining sobiq rahbari Sh.Sh, bo‘lim boshlig‘i B.B. mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgani aniqlangan. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborilgan.

Viloyat SEOMning bir guruh mas’ullari, markaz hisobiga tushishi lozim bo‘lgan 480,1 million so‘m mablag‘larini, markazda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab to‘lab borgan. Ishlagan xodimlarga ortiqcha ish haqi hisoblangani oqibatida davlatga 271,6 million so‘m zarar yetkazgan.

Shuningdek, “Gipoxlorid kalsiy” dezinfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan 166,1 million so‘m qimmat narxlarda sotib olingan. Shu tarzda jami 917,8 million so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Avval Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilning I yarim yilligida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazilib, natijada 81,7 milliard so‘m miqdoridagi budjet pullari noqonuniy sarflangani aniqlangani, Navoiy viloyati Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgani, Namanganda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi iqtisodchisi 40 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют