» » “IIB binosida vafot etgan Yusuf Abdurahmonovga chaqirilgan tez yordam boshqa ism-familiyani aytib chaqirilgan”. Tez tibbiy yordam shifokori sudda guvohlik berdi

“IIB binosida vafot etgan Yusuf Abdurahmonovga chaqirilgan tez yordam boshqa ism-familiyani aytib chaqirilgan”. Tez tibbiy yordam shifokori sudda guvohlik berdi


Chiroqchi tuman IIB binosida vafot etgan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov uchun chaqirilgan tez tibbiy yordam dastlab boshqa shaxs ism-familiyasi aytilib, chaqirilgan. Bu haqda sudda guvohlik bergan tez tibbiy yordam shifokori Ravshan Husanov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“IIB binosiga borib, uchinchi qavatga chiqqanimizda bemor devorga suyangan holda chap tomonga qarab yotgan ekan. Birdan ammiak hidlatdik sezmadi, qon bosimini ko‘rdik—yo‘q. Ko‘z qorachiqlari kengayib ketgan. Tana yaxlay boshlagan edi. Klinik belgilari yo‘q ekan”, — dedi Ravshan Husanov.

Guvoh Ravshan Husanov sudda prokuror savoliga javob berar ekan, “Bemor yuzida salgina ko‘karish va tana yaxlaganini ko‘rdim, boshqa hech narsani ko‘rmadim”, — dedi.

Ravshan Husanov bilan chaqiruvga borgan tibbiyot xodimi, guvoh Hamid Sanaqulov esa, bemor yuzida ko‘karishlar bo‘lmaganini, marhumning tanasida jarohat ko‘rmaganini, ammo o‘lim dog‘lari bo‘lganligini aytdi.

Ta’kidlanishicha, tez tibbiy yordam shifokorlari IIB binosida yarim soat qolgan. Bemor o‘lib qolganligini bilgach bu haqda ma’lumot olish uchun IIB mas’ullarini topa olmagan va ortga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli fuqaro Yusuf Abdurahmonov IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilgani jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach mazkur jarayonni o‘rgangan “Daryo” muxbiri o‘sha kuni voqea joyida bo‘lgan Bahrom Avliyoqulov hamda Qurbon Ostonoyevlar bilan suhbatlashgandi. Ular kechasi, taxminan, 01:30 da qo‘yib yuborilgach, IIB binosida hech kim yo‘qligini, ularni qorovul binodan chiqarib yuborganligini aytgandi.

“Chiroqchi voqeasi” aybdorlarini o‘rganayotgan sud 2020-yil 16-sentabr soat 14:00 gacha tanaffus e’lon qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют