» » “Jasadni yuvamiz desak, g‘ichirlaydi. Shunchalik kaltaklanganki, sinmagan suyagi qolmagan ekan” — IIB binosida vafot etgan chiroqchilik marhumning yaqinlari

“Jasadni yuvamiz desak, g‘ichirlaydi. Shunchalik kaltaklanganki, sinmagan suyagi qolmagan ekan” — IIB binosida vafot etgan chiroqchilik marhumning yaqinlari


Chiroqchi tuman IIB binosida vafot etgan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov o‘limidan oldin IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Bu haqda sud majlisida gapirib bergan marhumning yaqinlari — Shodmon hamda Mahmariza Abdurahmonovlarning ma’lum qilishicha, marhumning sinmagan suyagi qolmagan.

“O‘likni yuvdik, g‘ichirlagan suyak. Sinmagan joyi qolmagan. Hatto eshakni ham bunchalik urishmaydi. Bularni ham inson tug‘gan-ku, axir”, — deydi marhumning ukasi Shodmon Abdurahmonov.

Sudda so‘z olgan navbatdagi guvoh, marhum Yusuf Abdurahmonovning akasi Mahmariza Abdurahmonovning aytishicha, 2020-yil 23-yanvar kuni ukasi yashaydigan Langar qishlog‘iga ketayotgan paytda yo‘lda marhumni olib kelayotgan IIB xodimlariga duch kelgan. Marhumning uyini bilmayapmiz, deya yo‘lda to‘xtab turgan IIB xodimlariga yo‘l ko‘rsatib, jasadni otasining xonadoniga olib borgan.

“Jasadni tashlab ketishgach, ertasi kuni yuvamiz deb ko‘zdan kechirdik. O‘ngga olaman desam, g‘irt etib bir nimaning tovushi chiqadi. Bu yoqqa olaman desam, ham suyakning tovushi chiqadi. Demak, bu bolani ezib tashlashibdi-da degan xayolga bordim”, — deydi Mahmariza Abdurahmonov.

Marhum Yusuf Abdurahmonov o‘limi bo‘yicha 2020-yil 8-sentabr kuni boshlangan sud ishini Oliy sud sudyasi K.Tolliboyev raisligida sudyalar E.Ergashev va R.Orziqulovdan iborat sud tarkibi ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur ish bo‘yicha guvohlik bergan IIB xodimlarining gapi bir-biriga qovushmayotgani hamda IIB xodimi fuqaro Bahrom Avliyoqulovga uni va Yusuf Abdurahmonovni o‘ldirib yuborishini, ishni esa bir parcha qog‘oz bilan yopishi mumkinligini aytgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют