» » Qarshida marhumning yaqinlari tomonidan kaltaklangan “Tez yordam” shifokorlari bilan bog‘liq voqea tafsilotlari ma’lum qilindi (video)

Qarshida marhumning yaqinlari tomonidan kaltaklangan “Tez yordam” shifokorlari bilan bog‘liq voqea tafsilotlari ma’lum qilindi (video)


“Zamon” informatsion dasturi Qarshida tez tibbiy yordam xodimlariga tajovuz qilingani, erkak xodimlarga qo‘shib ayol shifokor ham kaltaklangani haqidagi xabar tafsilotlarini o‘rgandi.

Jabrlangan shifokor Adiba Bozorova ma’lum qilishicha, bemor ular yetib borguncha vafot etib bo‘lgan, feldsher buni aytishi bilanoq, marhumning yaqinlari uni urib kaltaklagan.

Tez yordam haydovchi G‘ayrat Rashidovga ko‘ra, soat 08:36 da chaqiriq bo‘lgan bo‘lsa, manzilga 08:42 da yetib borgan.

Biroq, vafot etgan bemorning yaqinlari buni inkor qilib, tez yordam aytilgan vaqtda emas, qariyb bir soat kechikib kelgan. Ular telefonda qilingan qo‘ng‘iroqlarni ko‘rsatib, shifokorlarning kechikkanini isbotlashmoqda.

Mavzuga doir: Qarshida tez yordam shifokorlari kaltaklandi. Ular orasida ayol shifokor ham bor

Ayni damda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют