» » O‘zbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan ma’qullandi

O‘zbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan ma’qullandi


Senat a’zolari parlament yuqori palatasining yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi.

Qonun bilan 17 ta qonunga, xususan, 8 ta kodeks va 9 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Bojxona kodeksi va Soliq kodeksi shular jumlasidan.

Qonunda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi “Qurol to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Avval “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan ta’sis etilgan himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlarni bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik masalasi ochiq qolgandi. Shu bois tazyiq o‘tkazishga va (yoki) zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoki ularni sodir etgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda himoya orderi berilgan ayolning turmush o‘rtog‘iga quroldan foydalanish huquqi taqiqlanishi mumkin

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun yangi band bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan ma’naviy hamda moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan da’vogar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi.

Shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Jinoyat kodeksining “Mehnat qilish huquqini buzish” uchun javobgarlik belgilovchi moddaning tegishli qismi yangi tahrirda bayon etilib, unga ko‘ra jabrlanuvchi taraf nafaqat yosh bolaning onasi, balki parvarish qilayotgan unga yaqin boshqa shaxs ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatildi.

Xalqaro shartnomalarda boshqacha shartlar kelishilmagan bo‘lsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarida yuk va yo‘lovchilarni respublikamiz hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj) taqiqlangan. Shu sababli O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuklarni va (yoki) yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun javobgarlik belgilangan yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ularning ko‘rsatmalarini bajarmaslik va boshqa noqonuniy holatlarning ko‘plab uchrayotganligini hisobga olib, javobgarlikni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi, deyiladi Senat axborot xizmatining xabarida.

Avval Senatning yettinchi yalpi majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning ma’qullangani,  Toshkent shahri tarkibida Yangihayot va Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish haqidagi qarorlarning tasdiqlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 00:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют