» » MMA jangchisi Sergey Xaritonov boksdagi debyut jangida Denni Uilyamsni nokautga uchratdi

MMA jangchisi Sergey Xaritonov boksdagi debyut jangida Denni Uilyamsni nokautga uchratdi


Rossiyaning Ximki shahrida navbatdagi professional boks oqshomi 11-sentabr, juma oqshomida bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangida professional boksda debyut qilgan aralash jang san’atlari ustasi Sergey Xaritonov va bir vaqtlar Mayk Taysonni mag‘lubiyatga uchratgan Denni Uilyams o‘zaro kuch sinashdi.

Rossiyalik sportchi birinchi raundni to‘laligicha o‘z ustunligida o‘tkazdi va raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi. Uilyams ikkinchi raundni faol boshlab, himoyani unutib qo‘ydi. Bundan foydalangan Xaritonov unga kuchli zarba berib, uni esankiratib qo‘ydi. Uilyams yiqilmagan bo‘lsa-da, hakam hisobni ochdi va bir necha daqiqadan so‘ng jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa Xaritonov o‘zining debyut jangida texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi. Jangning to‘liq videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Xaritonov Pride va Bellator’dagi chiqishlari bilan yaxshi tanilgan. Rossiyalik og‘ir vaznli jangchining hisobida 30 g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat bor.

Uilyams esa 2004-yilda og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Taysonni nokautga uchratib, ajoyib g‘alabaga erishgandi. Britaniyalik sportchining hisobida esa 54 ta g‘alaba va 28ta mag‘lubiyat bor. U professional faoliyatini 1995-yilda boshlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют