» » AQSh bosh infeksionisti koronavirusdan keyin normal hayotga qaytish muddatini baholadi

AQSh bosh infeksionisti koronavirusdan keyin normal hayotga qaytish muddatini baholadi


AQSh fuqarolari koronavirus davrigacha bo‘lgan hayot tarziga kamida 2021-yil o‘rtalari yoki oxirlarida qaytishi mumkin. Bu haqda AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U AQShda barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan vaksina shu yilning oxiriga yoki keyingi yil boshiga borib paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi avvalgi prognozlarini tasdiqladi.

“Butun mamlakat bo‘ylab aholining katta qismini vaksinatsiya qilish qachon boshlanishi to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, bu 2021-yilning o‘rtalari yoki oxiridan oldin sodir bo‘lmasa kerak. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan normal davrga esa 2021-yil oxirlariga borib qaytamiz”, — deydi Fauchi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 11-sentabr holatiga ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlar soni 6,4 million kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar mamlakatda 192 mingdan ortiq bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Avvalroq AQSh mamlakatda pandemiya tufayli yuzaga kelgan tushkunlik va umidsizlikka barham berish uchun 250 million dollar sarflashga qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQShda birinchi marta COVID-19’ga qayta chalinish holati qayd etildi. Bu dunyo bo‘yicha to‘rtinchi shunday holat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют