» » Urganchda 28 gramm opiy giyohvandlik vositasini 12 million so‘mga sotgan 50 yoshli ayol qamoqqa olindi

Urganchda 28 gramm opiy giyohvandlik vositasini 12 million so‘mga sotgan 50 yoshli ayol qamoqqa olindi


Xorazm viloyatining Urganch shahrida 28 gramm giyohvandlik vositasini 12 million so‘mga sotgan 50 yoshli ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

7-sentabr kuni soat 22:50 da viloyat bojxona boshqarmasi, IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urganch shahar 4-dahada yashovchi 50 yoshli ayol F.O. yashash xonadonida ikki bo‘lak polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan sof og‘irligi 28,49 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 12 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Giyohvandlik vositasi va pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, F.O.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda xonadonda bir dona polietilen paket bo‘lakchasiga o‘ralgan sof og‘irligi 2,94 gramm bo‘lgan “opiy”ni sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan F.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Ayol ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют