» » Avstriyada koronavirusga chalinganlar soni ortgani tufayli yangi cheklov choralari joriy etildi

Avstriyada koronavirusga chalinganlar soni ortgani tufayli yangi cheklov choralari joriy etildi


Avstriyada koronavirusga chalinganlar soni ortgani tufayli niqob taqish lozim bo‘lgan jamoat joylari soni kengaytirildi va yangi cheklov choralari joriy etildi. Bu haqda 11-sentabr kuni Avstriya kansleri Sebastyan Kurtsga tayanib mahalliy OAVlar xabar bergan.

“Vaziyat yana jiddiy tus olmoqda. So‘nggi haftada raqamlar o‘sishda davom etdi. Sizlarni yana hushyorroq bo‘lishga chaqiraman”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda mahalliy nashrlar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi himoya niqoblarini faqat jamoat transporti va birinchi ehtiyoj tovarlari do‘konida emas, balki barcha do‘konlar, shuningdek, maktablarda (lekin sinf xonalarida emas) taqish talab etiladi.  14-sentabr kunidan boshlab kafe va restoranlarda ofitsiantlar ham niqob taqishlari shart.

Bundan tashqari, kanslerning so‘zlariga ko‘ra, tadbirlar, shu jumladan, yopiq xonada 50 kishidan ortiq, ochiq joylarda esa 100 kishidan ortiq odamlar ishtirokida shaxsiy marosimlar o‘tkazish taqiqlanadi.

Mehmonlar uchun ajratilgan joylar bo‘lgan ommaviy tadbirlarni esa yopiq joylarda 1,5 ming kishigacha, ochiq havoda 3 ming kishigacha o‘tkazish mumkin. Ushbu chora joriy etilguncha yopiq joyda 5 ming kishigacha, ochiq joyda esa 10 ming kishigacha tadbirlar o‘tkazishga ruxsat berilgandi.

Avstriya kanslerining ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishi shu tarzda o‘sib borsa, cheklov choralari yana kuchaytiriladi.

Mamlakatda so‘nggi sutkada 580 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan, kasallanganlarning ikki nafari vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon esa 31,8 mingdan ortiq kishi COVID-19’ga chalingan, ularning 750 virus qurboni bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют