» » Sirdaryoda qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Sirdaryoda qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi


Sirdaryo viloyati Shirin shahrida qo‘shmachilik va odam savdosi bilan shug‘ullangan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB va Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan Shirin shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomida Shirin shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R tomonidan 2020-yilning 9-sentabr kuni, Boyovut tumanida yashovchi fuqaro Q.H ni majburiy tartibda jinsiy aloqa qilishi uchun tadbirda mijoz sifatida ishtirok etgan Guliston tumanida yashovchi S.Sh dan 5 dona 100 000 so‘m kupyuradagi jami 500 000 so‘m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar IIB Tergov guruhi tomonidan fuqaro A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “g” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют