» » Buxoroda ayol tanishining shaxsiy fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Buxoroda ayol tanishining shaxsiy fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi


Buxoro viloyatida yaqin munosabatda bo‘lgan ayol tanishining shaxsiy fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1000 AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 36 yoshli U.R. 2018-yilning sentabr oyida 22 yoshli R.A. (ayol) bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelgan. U.R. o‘zining uyali aloqa vositasida mavjud bo‘lgan R.A.ga tegishli shaxsiy fotosuratlarni uning oila a’zolariga ko‘rsatmaslik va internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga R.A.dan 1000 AQSh dollari talab qilgan.

U.R. 2020-yilning 4-sentabr kuni soat 11:15 da Buxoro shahri B.Naqshband ko‘chasida R.A.dan tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollari pullarni olayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.R., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют