» » Mirjalol Qosimov mavsumdagi ilk mag‘lubiyat haqida: Omad “Metallurg”ga kulib boqdi

Mirjalol Qosimov mavsumdagi ilk mag‘lubiyat haqida: Omad “Metallurg”ga kulib boqdi


OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Derbiga xos qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Omad “Metallurg”ga kulib boqdi. Chunki birinchi bo‘limda ham, gol o‘tkazgandan keyin ham ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin gol bir bo‘lmasa qiyin ekan. Jamoamning harakatidan uyaladigan joyim yo‘q. Ularning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman. Ular bahs so‘ngiga qadar kurashdi. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat doim yonma-yon yuradi. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bugungi futbol uchun minnatdorchilik bildirib qo‘ydim. Chunki ular uyaladigan o‘yin qilgani yo‘q. Futbolda yozilmagan qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Suhrob Sultonov va Saydullo Rahmatov koronavirus chiqqani tufayli bu o‘yinda nafaqat maydonda, balki qaydnomadan ham o‘rin olmadi. Ular izolyatsiya qilingan. OKMKda yarim jamoadan ko‘prog‘i mazkur kasallikdan o‘tib bo‘ldi.

Hujumchilarning samaradorligi pastligi? Uchta hujumchiga to‘rtta gol? Bu, albatta, kam. Biz imkon qadar uchala hujumchimiz xizmatidan foydalanyapmiz. Bu bahsda ham ularda gol urish uchun imkoniyat paydo bo‘lgandi. Ishlayapmiz.

Hojimat Erkinovning ketishi? Bizda Hojimat Erkinov ijarada asosida o‘ynardi. “Paxtakor” klubi uni ortga qaytardi. Uning yo‘qligi jamoamiz o‘yiniga katta ta’sir qildi, demagan bo‘lardim. Albatta, bizda yaxshi o‘ynab, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Iqtidorli futbolchi. “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasi uchun Erkinovni ortga qaytardi. Shu fursatdan foydalanib, “Paxtakor”ga va Hojimat Erkinovga restart oladigan OChLda omad tilayman.

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan OKMK 14-turdan keyin 29 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “So‘g‘diyona” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют