» » Vadim Abramov: “Bunyodkor”da muammolar juda ko‘p

Vadim Abramov: “Bunyodkor”da muammolar juda ko‘p


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Surxon”ga qarshi o‘yindan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu o‘yinni oson yutishimiz kerakdek edi. Biroq o‘zimizga muammolar paydo qildik va uchrashuv oxiri biroz asabiy bo‘ldi. Umuman olganda, o‘yinda g‘alabaga munosib harakat qildik.

Men hozirgacha yangi rahbariyat bilan uchrashganim yo‘q. Futbolchilar bilan ham hech kim uchrashgani yo‘q. Muammolar juda ko‘p. Ammo, afsuski, ular hal bo‘lmayapti. Yigitlar shu muammolarga qaramay maydonga tushib o‘ynamoqda. Umid qilamizki, barchasi yaxshi bo‘ladi.

Penaltini nega Nuriyev tepdi? Shunchaki zaxiradan maydonga tushgan hujumchi o‘zi ishlagan penaltini tepishini o‘zim xohladim. Uchrashuv oxiri bo‘lgani uchun shunday qarorga keldim. Afsuski, u gol ura olmadi, aslida bu o‘yinda men juda yomon ishladim.

Muammolar qandaydir hal qilinadi deb umida qilaman. Men o‘zimdan ko‘ra yigitlar uchun ko‘proq tashvishdaman. “Bunyodkor” klubi o‘zbek futboliga hali ko‘p foyda keltiradi va bunday munosabatga loyiq emas.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

“Bunyodkor” 14-turdan so‘ng 26 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Mash’al” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют