» » Ravshan Haydarov: “Oxirgi daqiqalarda bizda kuch qolmadi”

Ravshan Haydarov: “Oxirgi daqiqalarda bizda kuch qolmadi”


“Surxon” bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Metallurg”ga qarshi o‘yindan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Oxirgi 5-10 daqiqani inobatga olmaganda o‘yinni yaxshi o‘tkazdik deb hisoblayman. Omadsiz uchrashuvlar seriyasi davom etmoqda. Afsuski, yana so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib mag‘lubiyatga uchradik. Lekin umuman olganda yomon o‘ynamadik. Vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib turdik. Qarshi hujumlarda vaziyatlar hosil qildik. Ikkinchi bo‘limda  “Metallurg” o‘yinni kuchaytirdi. Biz esa himoyaga o‘tirib qoldik, to‘p nazoratini ham raqibga topshirdik. Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi.

Oxirgi daqiqalarda bizda kuch qolmadi. Hisobni saqlab qolish sindromi, vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchimiz tez jarohat oldi, yana bir nechta o‘yinchilarimiz jarohat sabab ishtirok eta olmadi.

Natija o‘xshamayotgani haqida? Masalan bu o‘yinda ham yosh futbolchilar taktik jihatdan yomon harakat qilmadi, qanotlarda o‘ynadi. Ularga tajriba yetishmadi. Shunday o‘yinlar orqali ular tajriba to‘plab boradi. Umumiy qilib aytganda bu o‘yinda bizga omad yetishmadi. Oxirgi daqiqalarda konsentratsiyani ushlash va natija uchun o‘ynashni o‘rganishimiz lozim.

Ravshan Haydarov, “Surxon” bosh murabbiyi

Termizliklar 12-turdan keyin 8 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “So‘g‘diyona” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют