» » Kilian Mbappe PSJni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

Kilian Mbappe PSJni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyatini 2020/21-yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida ogohlantirgan. Bu haqda The Times xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirish istagida.

Qayd etish joiz, shu vaqtgacha Mbappega Ispaniya va Angliya grandlaridan takliflar bo‘lgandi, ammo Parijni tark etishga shoshilmagandi.

Avvalroq PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi esa Mbappening ham, Neymarning ham yaqin orada klubni tark etmasligi haqida gapirgandi.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2017-yilning yozidan beri PSJ safida to‘p suradi. Dekabr oyida 22 yoshga to‘ladigan Mbappe o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatining 20 uchrashuvida maydonga tushib, 18 ta gol va 5 ta golli uzatmaning muallifiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют