» » Chinozda yuz bergan YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan

Chinozda yuz bergan YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan


Toshkent viloyati Chinoz tumani “Ko‘tarma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent—Termiz” yo‘lining 858-kilometrida 13-sentabr kuni soat taxminan 00:10 da Nexia va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

“1986-yilda tug‘ilgan haydovchi T.S. xavfsizlik kamarini taqmay Nexia-3 ni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratuvchi beton to‘siqdan yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan, xavfsizlik kamarini taqmagan F.N.ning Lacetti’si bilan to‘qnashgan”, — deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida Nexia-3 ning 34 yoshli haydovchisi T.S., Lacetti’ning 39 yoshli haydovchisi F.N., Lacetti’da bo‘lgan ikki yo‘lovchi — 40 yoshli E.X. erkak va shaxsi hozircha aniqlanmagan 25—30 yoshlardagi ayol og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Lacetti’ning yana ikki yo‘lovchisi — 29 yoshli K.B. va 44 yoshli Yu.H. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют