» » “Yuventus” Andrea Pirlo boshqaruvidagi ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ronaldudan gol

“Yuventus” Andrea Pirlo boshqaruvidagi ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ronaldudan gol


Turinning “Yuventus” jamoasi 13-sentabr, yakshanba kuni C Seriya vakili “Novara” bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda turinliklar yana to‘rtta gol urishga erishdi. 56-daqiqada Aaron Remzi jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, o‘n daqiqa o‘tib Marko Pyatsa hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida “Yuventus”ning 20 yoshli futbolchisi Manolo Portanova dubl qayd etgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0.

Bu “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo uchun jamoa boshqaruvidagi ilk uchrashuv bo‘ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

13-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 20 Ronaldu, 2:0 – 56 Remzi, 3:0 – 66 Pyatsa, 4:0 – 90+1 Portanova, 5:0 – 90+3 Portanova.

“Yuventus”: Shensni (Buffon, 46), Kyellini (Demiral, 46), Bonuchchi (Pellegrini, 46), Danilo (Portanova, 63), Aleks Sandro (Rugani, 63), Remzi (De Shilyo, 64), Makkenni (Bentankur, 46), Kuadrado (Nikolussi-Kavilya, 65), Rabyo (Artur, 46), Kulusevski (Pyatsa, 46), Ronaldu (Duglas Kosta, 46).

“Novara”: Lanni, Paniko (Keremateng, 77), Bellix (Lamanna, 46; Byanki, 71), Bove (Polyano, 79), Nardi (Xrkach, 46), Kollodel (Streke, 81), Kagnano, Skyavi (Sunno, 67), Pagani (Sbraga, 70), Bortolussi (Gonsales, 46), Chisko (Budzegoli, 66).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют