» » Davlat bojxona qo‘mitasi 3,8 mlrd so‘mlik utilizatsiya yig‘imlarini chetlab o‘tishga urinish holatlari bo‘lganini ma’lum qildi

Davlat bojxona qo‘mitasi 3,8 mlrd so‘mlik utilizatsiya yig‘imlarini chetlab o‘tishga urinish holatlari bo‘lganini ma’lum qildi


Utilizatsiya yig‘imi bevosita transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish jarayonida undirilishi belgilangan. Lekin ayrim uddaburon shaxslar tomonidan mazkur yig‘imni chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar ham uchrab turibdi, deya xabar qilgan Davlat bojxona qo‘mitasining matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida”gi 347-sonli qaroriga asosan 1-avgustdan boshlab avtotransport vositalarini rasmiylashtirishda utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat posti xodimlari tomonidan 46 dona Hyundai rusumli transport vositasini “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari o‘rganilganda mazkur transport vositalari uchun undirilishi kerak bo‘lgan 3 milliard 385 million so‘mlik utilizatsiya yig‘imi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagani aniqlangan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari o‘rganilganda esa 5 dona Yutong avtobusi hamda 5 dona JAC mikroavtobuslari uchun 419,2 million so‘m utilizatsiya yig‘imi ko‘rsatilmagani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur postda aniqlangan yana bir holatda KIA Bongo yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasini “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari o‘rganilgan. Bojxona yuk deklaratsiyasida 46,3 million so‘mlik utilizatsiya yig‘imi ko‘rsatilmagani aniqlangan.

“Natijada salkam 3,8 milliard so‘mlik utilizatsiya yig‘imlarining davlat budjetiga undirilmay qolinishining oldi olindi. Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, – deyiladi qo‘mita matbuot xizmatining xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют