» » Karlo Anchelotti: “Meni jismoniy holat xavotirga solganda Xamesni emas, Useyn Boltni olib kelardim”

Karlo Anchelotti: “Meni jismoniy holat xavotirga solganda Xamesni emas, Useyn Boltni olib kelardim”


“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Premyer Liga 1-turi doirasida “Tottenhem”ga qarshi kechgan bahsdagi g‘alabadan (1:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Futbol o‘ynashni biladigan o‘yinchilar uchun moslashishga u qadar ko‘p vaqt kerak emas. Xames nima qilishi kerakligini biladi, shuningdek, bu gaplar Allan va Dukurega ham tegishli.

Men shunchaki ulardan o‘z darajalarini ko‘rsatishni so‘radim va ular bu ishni qildi. Bizda yarim himoya yaxshi ishladi. O‘tgan mavsumda o‘yinchilarim to‘p bilan yaxshi muomala qilardi, biroq to‘psiz ham o‘ynay olish kerak.

Xames dunyoning eng tezkor futbolchisi emas, biroq juda sifatli o‘yinchi. Biz undan shunday foydalanishimiz kerakki, u o‘zini ko‘rsata olsin. U vinger emas, biroq Xames orqada o‘ynab, u yerda to‘pni qabul qilishi mumkin. U raqiblar uchun juda xavfli.

Meni jismoniy holat xavotirga solmaydi. Agar bu haqida o‘ylaganimda Xamesni emas Useyn Boltni sotib olgan bo‘lardim.

Karlo Anchelotti, “Everton” bosh murabbiyi

“Tottenhem”ga qarshi o‘yinda Xames Rodriges, Allan va Abdulay Dukure kabi futbolchilar “Everton” safida o‘z debyutini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti bundan avval Xames bilan “Real” va “Bavariya”da birga ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют