» » Shu vaqtga qadar videotakrorlarni qo‘llamagan Anchelotti “Real”dan keyin fikrini o‘zgartirdi

Shu vaqtga qadar videotakrorlarni qo‘llamagan Anchelotti “Real”dan keyin fikrini o‘zgartirdi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalidan joy olgan “Real” — “Bavariya”dan so‘ng har ikki klub bosh murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun hakam bizdan ham yomonroq harakat qildi. Men tushunaman, bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biroq shuncha ko‘p xato bo‘lishi qiyin narsa.

Manuel Noyer ham, umuman boshqa futbolchilar ham yaxshi o‘ynadi. Madridda 10 kishi bo‘la turib zafar quchish mushkul ish. “Real” yo‘lida davom etadigan bo‘ldi. Bunda men Zidanga faqat yaxshi tilaklar bildirib qolaman.

Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

“Real” va “Bavariya” o‘rtasidagi takroriy o‘yin videotakrorlar nechog‘li muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi va bu fikrga Anchelotti ham qo‘shildi.

“Real” hakamga bosim o‘tkazgan deb o‘ylamayman. Bugun hakamlar shunchaki adashishdi. Ilgari videotakrorlar tarafdori emasdim. Biroq hozir bu juda kerakligi oydinlashdi. Yarim finalchi nomini bunday aniqlash kerak emas.

Men o‘yindan keyin Zidan bilan gaplashdim. U hakamlik yomon bo‘ldi degan fikrga qo‘shildi. Umid qilamanki, yangi texnologiyalar yaqin orada hakamlarga yordam berishni boshlaydi.

Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

Murabbiylik sohasidagi dastlabki qadamlarida Karlo Anchelottiga suyangan Zinedin Zidan “Bavariya”ga qarshi o‘yindan keyin quyidagicha fikr bildirdi.

Bugungi kunning asosiy odami bu Krishtianu, Viktor Kashshai emas. Ronaldu 3 ta gol urdi va iliq so‘zlarga munosib. Bizga buyuk va eng murakkab jamoa raqib bo‘lgandi, shunga qaramay o‘yin yakuniga qadar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirib qo‘ymadik.

Shuningdek, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar ham o‘zini namoyon eta oldi. O‘ylaymanki, ikki o‘yin xulosasiga ko‘ra “Real” navbatdagi bosqich uchun haqli edi.

“Yuventus” eng xavfli raqib? Turinliklar ajoyib futbol namoyish etmoqda. Va o‘zi umuman kuchsiz raqib qolmadi. Keling, yaxshisi qur’ani kuta qolamiz.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (19-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют