» » “Bavariya” — “Real” uchrashuvi taqdirini Ronaldu hal qildi. O‘yindan so‘ng murabbiylar nimalar dedi?

“Bavariya” — “Real” uchrashuvi taqdirini Ronaldu hal qildi. O‘yindan so‘ng murabbiylar nimalar dedi?


Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki o‘yinida Myunxenning “Bavariya” jamoasi o‘z maydonida Madridning “Real” klubini qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bellashuv taqdiri hech qachon birinchi o‘yinda hal bo‘lmaydi. O‘yinni yaxshi o‘tkazdik va, menimcha, yana 1–2 ta gol urishimiz mumkin edi. Lekin baribir natijadan mamnunmiz. Agar hisob 2:0 bo‘lganida, voqealar rivoji boshqacha tus olardi.

Albatta, 10 kishiga qarshi o‘ynash osonroq, biroq Noyer nechta seyv amalga oshirganini ham inobatga olish kerak. Bu yerda o‘ynash juda qiyin. “Bavariya”da ajoyib futbolchilari yig‘ilgan, jamoaning o‘zi ham yaxshi. Uchinchi gol barchasiga nuqta qo‘ygan bo‘lardi, deya olmayman. Barchasi 1 haftadan keyin aniq bo‘ladi.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Bavariya” 2014-yilning 29-aprelidan buyon o‘z uyida o‘tkazilgan YCHL bahslarida birinchi marta mag‘lubiyatga uchradi. O‘shanda ham myunxenliklar “Real”ga 0:4 hisobida taslim bo‘lgan. Bu vaqt oralig‘ida “Bavariya” 16 ta g‘alabaga erishgan.

Barchasini kichik detallar hal qildi. “Bavariya” penaltidan gol ura olmadi va hisob 1:0 bo‘lib turgan vaqtda ikkinchi golni urish imkoniyatidan foydalana olmadik. Mazkur uchrashuv taqdirini Krishtianu Ronaldu hal qildi. Martinesning chetlatilishiga qadar uni nazorat qilib turgandik.

Bugun omadimiz kelmadi. Penaltidan gol ura olmadik Ba’zida shunday ham bo‘lib turadi. Martinesning aybi yo‘q, “Real” qarshi hujumga chiqqanida u fol ishlatishga majbur bo‘ldi. Javob o‘yinida Levandovski va Xummels safga qaytishiga umid qilaman.

Karlo Anchelotti, “Bavariya” bosh murabbiyi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют