» » Neymarning nima sababdan “Marsel” futbolchisiga zarba bergani ma’lum bo‘ldi

Neymarning nima sababdan “Marsel” futbolchisiga zarba bergani ma’lum bo‘ldi


PSJ hujumchisi Neymar Fransiya chempionati 3-turi doirasida “Marsel”ga qarshi kechgan bahsda (0:1) qizil kartochka oldi.

O‘yin yakunlanishi arafasida yuzaga kelgan tortishuv vaqtida braziliyalik futbolchi mehmonlar himoyachisi Alvaro Gonsalesning boshiga zarba bergan va buning natijasida chetlatilgan.

Neymar maydonni tark etar ekan, zaxira hakamiga himoyachini ko‘rsatib shunday dedi: “Irqchilik, shunday emasmi? Rasizmga yo‘q! Rasist bo‘lgani uchun unga zarba berdim”.

Shuningdek, Neymar Gonsales uni “***** (la’nati) qora tanli” deb ataganini ham iddao qilmoqda.

Telefoot jurnalistining xabar qilishicha, Gonsales bundan tashqari PSJ futbolchilaridan biriga shunday degan: “Og‘zingni yop, irkit maymun”.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Gonsales va PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya o‘rtasida tortishuv kelib chiqqandi: ispaniyalik futbolchi di Mariya u tomonga tupurganidan shikoyat qilgandi.

O‘yindan so‘ng “Marsel” bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ham di Mariya Gonsalesga tupurganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv yakunlanishi arafasida yuzaga kelgan janjaldan so‘ng besh nafar o‘yinchi chetlatish oldi. Ular: Leven Kurzava, Leandro Paredes va Neymar (barchasi PSJ), Jordan Amavi hamda Dario Benedetto (ikkisi “Marsel”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют