» » Pastdarg‘omda “1000 ta jo‘ja spektakli”da ishtirok etgan tuman prokuroriga hayfsan berildi

Pastdarg‘omda “1000 ta jo‘ja spektakli”da ishtirok etgan tuman prokuroriga hayfsan berildi


Pastdarg‘omda “1000 ta jo‘ja boqib, kambag‘allikdan qutulgan yigit” mahalla raisining o‘g‘li, tuman prokurori esa shu “spektakl” mualliflaridan biri bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura holat yuzasidan tekshirish o‘tkazdi va bu borada bayonot berdi.

“Tekshirishda ‘Qo‘qoni’ mahalla fuqarolar yig‘ini raisi H.Tursunov tomonidan uyushtirilgan mazkur sahna ko‘rinish namoyishining tashkillashtirilishida Pastdarg‘om tumani prokurori A.Valiyevning aloqadorligi aniqlanmadi.

Biroq tuman prokurori A.Valiyev rahbarlik qilayotgan 2-sektor faoliyatida kamchiliklar aniqlangani sababli unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, hayfsan e’lon qilindi”, – deyilgan Bosh prokuratura bayonotida.

Avvalroq “Qo‘qoni” mahallasi raisi vazifasidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют