» » Yangi avtomobillardan chiqadigan hidni taqiqlashmoqchi

Yangi avtomobillardan chiqadigan hidni taqiqlashmoqchi


Yangi avtomobil hidini hosil qiladigan sakkizta organik birikma sog‘liqqa nojo‘ya ta’siri sabab yaqin orada ulardan foydalanish bekor qilinishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Yangi avtomobilning hidi butun dunyoda qoplamalar va materillardagi uchar organik birikmalarga qo‘yilayotgan qattiq talablar sabab tez orada berkor qilinadi. Yangi avtomobil interyeri holatida bu atsetaldegid, akrolein, benzol, etilbenzol, formaldegid, sterol, toluol va ksilol. Ushbu iforlar kokteyli ko‘pchilikda ko‘z qizarishi, bosh aylanishi, nafas yetishmovchiligi, charchoq va ko‘ngil aynishini yuzaga keltirishi mumkin. Eng yomoni, bu hidlar shunchaki yo‘qolib ketmaydi, bug‘lanib, quyosh nurlari ta’sirida yana paydo bo‘laveradi.

Janubiy Koreya Transport vazirligi tomonidan 800 ga yaqin yangi avtomobil egalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘vornomalar natijasiga ko‘ra, respondentlarning yarimida ko‘pi salondagi hiddan o‘zini yomon his qilishini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, amaldorlar uchar organik biriklamalardan foydalanishga cheklov kiritirish bilan shug‘ullanishni boshladi. Xitoyda avtomobil havosining sifatiga qo‘yiladigan talab 2012-yilda joriy etilgan, 2021-yildan esa ular majburiy hisoblanadi. Yevropa iqtisodiy komissiyasi 2014-yildan buyon mazkur masala bilan shug‘ullanmoqda va tez orada bu boradagi tegishli qonunni chiqaradi.

Avvalroq Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi eski paypoq hididan shikoyat qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют