» » Andijonda IIB xodimi shifokorni kaltaklagani aytilmoqda. Bosh prokuratura va viloyat IIB vaziyatga munosabat bildirdi

Andijonda IIB xodimi shifokorni kaltaklagani aytilmoqda. Bosh prokuratura va viloyat IIB vaziyatga munosabat bildirdi


Andijon viloyati Andijon tumanida shifokor va fuqaro o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida xabar berilishicha, shifokorni Ichki ishlar xodimi kaltaklagan. Lekin Bosh prokuratura va Andijon viloyati IIB esa shifokor bilan mushtlashgan shaxs IIB xodimi emas, balki tuman IIB tezkor vakili vazifasida ishlovchi shaxsning akasi ekani ma’lum qilingan.

Telekanalning “Zamon” axborot dasturida ma’lum qilinishicha, Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida shifokor Y.O. va Ichki ishlar xodimi deb aytilayotgan fuqaro G‘.M. bilan mushtlashuv sodir bo‘lgan. Dastur muxbiring ta’kidlashicha, shifokorni kaltaklagan shaxs o‘zini IIB xodim sifatida tanishtirgan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan shifokor holatni quyidagicha bayon qiladi.

“Xonam ochiq edi. Bir payt ‘Kim bu?’, deb baqirib qoldi. Keyin chiqib ‘O‘t qo‘yib yuborish kerak bu yerga, xodimlari bilan o‘t qo‘yib yuborish kerak. Men Ichki ishlarda ishlayman, bilasizlarmi men hazilakam odam emasman, kuydirvoraman, yondirvoraman deb’, baqirdi.

Bir payt ‘uchaskavoy’ keldi. U ham kelishi bilanoq shifokorga baqirib ketdi. Ichki ishlarda ishlagan tanishi ekanmi, bilmadik.

Biz ham iloji boricha shu xalqning xizmatini qilishga harakat qilyapmiz”, deydi guvoh.

Voqea ishtirokchisi, shifokor Y.O. ham voqea haqida gapirib berdi.

“Ko‘rigimga kirgan ayol ‘Menga eshikni yopib qo‘y, deb baqirgan bola shu bo‘ladi’ dedi. Keyin (IIB xodimi) ‘Yur, sen bilan gaplashamiz’, deb xonaga olib kirdi. Ichkarida o‘zaro kelisha olmay qoldik. Biroz nazoratdan chiqib ketib qoldik.

Hozir mening umumiy ahvolim yaxshi, tan jarohat olmaganman. Ikkinchi tomon bilan ham o‘zaro kelishib olganmiz. Shikoyatlarim yo‘q”, – deydi shifokor.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, 2020-yil 29-avgust kuni soat 17:30 larda Andijon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida yuz bergan. Shu kuni navbatchilik qilayotgan umumiy amaliyot shifokori Y. O. Andijon tumani “Kengash” MFYda yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan G‘.M.ning uch yashar jiyanini koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilingan shaxslarni joylashtiruvchi izolyatsiya xonasida qabul qilmoqchi bo‘ladi. Bundan jahli chiqqan G‘.M. navbatchi shifokor Y.O. bilan o‘zaro janjallashib ketadi va uni urib, tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida G‘.M. va shifokor Y.O. o‘zaro yarashib olishganligini, bir-biriga nisbatan hech qanday da’vo yoki e’tirozi yo‘qligini bildirib, sud-tibbiy ekspertizadan o‘tishdan bosh tortishadi. Shundan kelib chiqib, tergovga qadar tekshiruvni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

To‘plangan hujjatlar nazorat tartibida o‘rganilganida profilaktika inspektori surishtiruv harakatlarini bir tomonlama olib borganligi, holatga guvoh bo‘lgan qo‘shimcha shaxslarni aniqlamaganligi, ijtimoy tarmoqlarga aks etgan holatlarini ish hujjatlariga qo‘shmaganligi va boshqa surishtiruv harakatlarini olib bormasdan shoshma-shosharlik bilan hech qanday protsessual ahamiyatga ega bo‘lmagan qaror qabul qilganligini aniqlangan.

Shunga ko‘ra, mazkur qaror 13-sentabr kuni Andijon tuman prokurori tomonidan bekor qilinib, tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori F.I.ga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xabar.uz” muxbirining “Zo‘ravon rostan ham IIB xodimimi?” degan savoliga quyidagicha aniqlik kiritdi: Janjallashgan fuqaro G‘.M. uning ukasi Sh.M. tuman IIB tezkor vakili vazifasida ishlaydi. Hozircha u shifoxonaga akasi va shifokor o‘rtasida janjal bo‘lib o‘tganidan so‘ng yetib borgani ma’lum.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Anidjon viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqoridagi voqea yuzasidan Andijon tumani IIBga 2020-yil 29-avgust kuni soat 13:30 larda xabar kelib tushgan.

“Holat o‘rganilganda, aniqlanishicha, mazkur poliklinika umumiy amaliyot shifokori fuqaro O.Y. shu kuni ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida, Andijon tumani “Kengash” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.G‘. jiyani M.A.ning sog‘lig‘i yomonlashganligi uchun uni tibbiy ko‘rikka olib kelgan, so‘ngra haqiqatan navbat talashib, fuqaro va shifokor o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Shifokorning tushuntirishiga ko‘ra mazkur holat yuzasidan unda hech kimga nisbatan da’vosi yo‘q, kelishmovchilik oqibatida tan jarohati olmagan.

O‘z navbatida, ikkinchi tomon M.G‘. ham ikki tomonlama janjal o‘zaro tushunmovchilik natijasida kelib chiqqanligini, shifokordan kechirim so‘rab, tartibsizlik qilganidan pushaymon ekanligini, hozirda shifokorga nisbatan e’tirozi yo‘qligini, tan jarohati olmaganligini bayon qilgan.

Tomonlar va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqiy baholanib, ichki ishlar organlari tomonidan  jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Ichki ishlar organlari xodimlari mazkur kelishmovchilikda ishtirok etishmagan”, deyiladi IIB xabarida.

Shu bilan birga, viloyat IIB axborot tarqatuvchi televizion kanallar va ayrim ijtimoiy tarmoqlardan, jamoatchilikka e’lon qilinayotgan ma’lumotlarni tekshirib, xolisligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng aholiga yetkazishlarini so‘ragan.

“Tekshirilmagan va yolg‘on axborotni, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini unutmasliklarini so‘rab qolamiz”, – deya xabarni yakunlangan IIB.

So‘nggi bir yil davomida 10 ga yaqin yuqoridagi vaziyatga o‘xshash shifokorlarni kaltaklanishi va ularga tajovuz o‘tkazilishi holatlari kuzatildi. Xususan, bunday holatlar Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Jizzax  viloyatlarida qayd etilgan.

Bular ichidan Sirdaryoda yuz bergan voqea yuzasidan SSV munosabat bildirib, Bosh prokuraturadan shifokorni kaltaklagan shaxslarga qattiq jazo tayinlanishini so‘ragan.  Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan.

Shuningdek, SSV Jizzaxda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan ham izoh bildirgan. Unda kaltaklangan shifokor tibbiy nazoratda ekani, vazirlik holat yuzasidan tuman IIBga xabar bergani va jarayon nazoratda ekanini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 129) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют