» » Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Ipak Yo‘li” AITBga 20 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Ipak Yo‘li” AITBga 20 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratdi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) “Ipak Yo‘li” bankini 20 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishni ma‘qulladi, shundan 15 million AQSh dollari kredit liniyasi shaklida KO‘B va 5 million AQSh dollari savdoni moliyalashtirish uchun kredit liniyasi shaklida ajratiladi. Kredit liniyasi AQSh dollarida ham, o‘zbek so‘mida ham mablag‘ olish imkoniyatini beradi.

YeTTBning amaldagi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi moliyalashtirishi bankning o‘z faoliyatida faoliyatini o‘sish kengaytirishga va keyinchalik mahalliy tadbirkorlarga moliyaviy imkoniyatlarini ommaboblikni kengaytirish imkonini beradi. Ajratilgan mablag‘lar bank mijozlarini mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyalashtirishga, kichik korxonalarni moliyaviy rag‘batlantirishga, shuningdek, ularning kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

YeTTB bilan hamkorlik 2018-yildan boshlangan bo‘lib, uning doirasida mikro, kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, GEFF (Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi) dasturi doirasida “yashil” loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, savdoni moliyalashtirish dasturi uchun kredit liniyalari ajratilgan.

1990-yilda tashkil etilgan “Ipak yYo‘li” AITB, O‘zbekistondagi universal tijorat banki bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda chakana mijozlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi. 2020-yil 1 sentabr holatiga ko‘ra bankning umumiy aktivlari 6,7 trln so‘mni tashkil etmoqda.

Batafsil ma‘lumot: https://ipakyulibank.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют