» » Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi


Tibbiyot fanlari doktori Saidaxon Mirrahimova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar 37 yoshli Saidaxon Mirrahimova Samarqand viloyat ixtisoslashgan ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelgan. U Londondagi Staffordshir universitetida sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish bo‘yicha malakasini oshirgan.

Yangi lavozimda unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalar yuklatildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2019-yil oktabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika narkologik markazi negizida tashkil etilgan.

Avvalroq Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют