» » Shota Arveladze OChL restarti oldidan: “Qisqa muddatda o‘tadigan musobaqada barchada teng imkoniyat bo‘ladi”

Shota Arveladze OChL restarti oldidan: “Qisqa muddatda o‘tadigan musobaqada barchada teng imkoniyat bo‘ladi”


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze 14-sentabr kunidan restart oladigan Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Al-Hilol”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Raqibni juda yaxshi bilamiz. Ularning qanday kuchga ega ekanligidan ham xabardormiz. 2019-yil ham Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etganmiz. Bunday o‘yinlarda maydonga tushganmiz. Bu yil ham o‘z rejamiz asosida ishlab kelyapmiz. Qisqa muddatda o‘tadigan musobaqa barchaga yaxshi imkoniyat taqdim etadi. Bu aynan bir jamoaga ustunlik beradi deb o‘ylamayman. Faqat meni qiziqtirayotgan bir narsa — har uch kunda o‘yinlarda qanday harakat qila olishimizda. Boshqa jamoalar ham bunga qanchalik tayyor ekanligi qiziq. Markazlashgan musobaqada barcha teng holatda bo‘ladi. Bu kimgadir yaqqol ustunlik beradi deb o‘ylamayman.

Barchaga sog‘lik tilayman. Hech kim kasal bo‘lmasligini xohlayman. Biz juda ham jiddiy vaziyatda turibmiz. Barchamiz futbol o‘ynaymiz. Yaxshi o‘yin namoyish etish uchun esa barcha sog‘lom bo‘lishi kerak. Shu bois barchaga sog‘lik tilayman. Raqib safida kasal bo‘lganlar haqida bir gap ayta olmayman. Faqat ularning tezroq tuzalishlarini tilab qolaman.

Har uch kunda o‘yin o‘tkazganimiz qanday ta’sir qilishini o‘yinlar orqali ko‘ramiz. Yevropada bu taqvim odatiyga aylangan. To‘g‘ri biz uchun noodatiy holat bo‘ldi, ammo 14-sentabr kuni maydonga tushib o‘ynashimiz kerak, qolganini keyin ko‘ramiz.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

“Al-Hilol” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14-sentabr, dushanba kuni “Al-Janub” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” o‘rin olgan B guruhidagi o‘yinlar Qatarda markazlashgan holda o‘tkaziladi. “Sherlar” 14—23-sentabr oralig‘ida to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют