» » Neymar Marselga qarshi oyindagi harakati uchun jiddiy jazolanishi mumkin

Neymar Marselga qarshi oyindagi harakati uchun jiddiy jazolanishi mumkin


PSJ hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining 3-turi doirasida Marselga qarshi oyindagi (0:1) harakati uchun jiddiy jazo olishi mumkin.

RMC nashrining xabar qilishicha, Fransiya Ligasi tartib intizom qoidalariga kora, futbolchining oyindan tashqari vaziyatdagi agressiv harakati yettitagacha oyindan diskvalifikatsiya qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur uchrashuvdagi holatlar boyicha qaror Liga 1 tartib intizom qomitasining 16-sentabr kungi yigilishida elon qilinadi.

Eslatib otamiz, Neymar Marsel oyinchisi Alvaro Gonsalesning boshiga qoli bilan zarba bergan, hakam videotakrorlardan song hujumchiga qizil kartochka korsatgandi.

Neymar ispaniyalik futbolchini irqchilik ruhidagi sozlarni ishlatganlikda ayblamoqda. Biroq Gonsales bu ayblovlarni rad etdi va Neymarga yutqazishni ham bilish kerakligini takidladi.

Qayd etish joiz, oyin ota asabiy ruhda otdi. Oyin songida yuzaga kelgan janjal oqibatida uchrashuv hakami Jerom Brizar 5 futbolchiga qizil kartochka korsatdi. Uchrashuvda futbolchilar jami 17 ta kartochka bilan siylandi.

Mavzuga doir:

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (14-09-2020, 18:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 4) ( 3)
:
-
:
20 ... -