» » Buxoro hokimi o‘rinbosari xalq ta’limi mas’ulining 239 nafar maktab xodimi koronavirusga chalingani haqidagi xabarini rad etdi

Buxoro hokimi o‘rinbosari xalq ta’limi mas’ulining 239 nafar maktab xodimi koronavirusga chalingani haqidagi xabarini rad etdi


Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyevaning viloyatda 239 nafar maktab xodimi koronavirusga chalingani haqidagi xabarini rad etdi. Bu haqda hokim o‘rinbosari ishtirokidagi brifingda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 13-sentabrdagi ma’lumotiga ko‘ra, haqiqatan ham viloyatdagi 28 ming 53 nafar o‘qituvchi va texnik xodimlarning 18 ming 831 nafari, ya’ni 67,1 foizidan test olingan. Tahlillar ularning 239 nafarida birlamchi musbat natija bergan va ushbu fuqarolarga nisbatan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi bo‘yicha xulosa taqdim etilgan. Shunga ko‘ra, hozirda kasallikda gumon qilingan pedagog va texnik xodimlarga uy sharoitida tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatilmoqda. Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva esa brifing jarayonida masalaning ana shu jihatlarini inobatga olmagan holda ma’lumot taqdim etgan”, — dedi Mirali Hamroyev.

Ta’kidlash lozim, 13-sentabr kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva ishtirokidagi brifingda viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 239 nafar o‘qituvchi va ishchi-xodimlarida koronavirus aniqlangani aytilgandi.

“Oxirgi ikki haftada koronavirusdan tuzalganlar 40 nafar, kasallanganlar esa 37 nafarga yetgan. Avgust oyining mos davriga nisbatan so‘nggi 15 kunlikda kasallanishlar 5 taga ko‘paydi. Ayni paytda davolanayotganlar 33 nafar bo‘lib, ularning barchasi statsionar sharoitda davo muolajalarini o‘tamoqda. Og‘ir yoki o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q”, — dedi Buxoro hokimi o‘rinbosari.

Mirali Hamroyevning qo‘shimcha qilishicha, 2020-yilning 16-martidan 14-sentabrga qadar Buxoroda koronavirus yuqtirganlar 1083 nafarni tashkil etgan. Kasallanganlarning 399 nafari karantin obyektlaridan, 684 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Viloyatda kasallikdan tuzalganlar soni 1042 nafar bo‘lib, bu viloyatda kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetganini ko‘rsatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют