» » Qashqadaryoda o‘tkazilgan mehnat yarmarkarlarida 350 nafar o‘qituvchi ishli bo‘ldi

Qashqadaryoda o‘tkazilgan mehnat yarmarkarlarida 350 nafar o‘qituvchi ishli bo‘ldi


7-avgust kuni Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tarkibidagi xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 350 nafar o‘qituvchi ishli bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyev ma’lum qilmoqda.

Maqsud Panjiyevning aytishicha, viloyatdagi mavjud 15 ta tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlarida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilgan. Mazkur yarmarkada ishtirok etgan o‘qituvchilar tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi tarkibidagi umumta’lim maktablariga ishga joylashgan.

Mehnat yarmarkasida Kasbi tuman xalq ta’limi bo‘limi tarkibidagi umumta’lim maktablari uchun 47 nafar pedagog tanlab olingan bo‘lsa, Yakkabog‘ tumani maktablariga 46 nafar malakali mutaxassis jalb qilingan. Bo‘sh ish o‘rinlarining ko‘pligi jihatidan 3-o‘rinni qayd etgan G‘uzor tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarga 39 nafar pedagog jalb etilgan. Bo‘sh ish o‘rinlarining kamligi jihatidan esa eng past ko‘rsatkichni Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi ko‘rsatgan bo‘lib, shahardagi maktablar uchun atigi 5 nafar mutaxassis tanlab olingan.

Ma’lum qilinishicha, ishga qabul qilingan 350 nafar pedagogning 236 nafarini ayol o‘qituvchilar tashkil qilsa, 114 nafari erkak o‘qituvchilar hisoblanadi. Ishga joylashganlar orasida endigina oliygohni tamomlagan mutaxassislar soni 179 kishini tashkil qilsa, kollej ma’lumotiga ega bo‘lgan 171 nafar pedagog ham o‘ziga mos ish o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lgan.

— Viloyatimizning tog‘li hududlaridagi maktablarda kadrlar yetishmovchiligi ko‘p kuzatiladi, shu boisdan ham viloyatning chekka va tog‘li hududlariga ishga borgan o‘qituvchilarning ishlashi va yashashi uchun shart-sharoitlar yaratib berish mas’uliyati mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga yuklatildi, — deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyev. – Bundan ko‘zlangan maqsad o‘sha chekka hududdagi maktablarga ham malakali mutaxassislarni jalb qilish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 106) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют